Putin marhum jurnalist Boris Maqsudovni taqdirladi
Dunyo
O‘zbekistonda tug‘ilib, 15 yoshida oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan Boris Maqsudov Ukrainadagi qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida dron hujumi sabab halok bo‘lgan edi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shimoliy harbiy okrug zonasida ishlagan “Rossiya-24” telekanali muxbiri Boris Maqsudovni vafotidan keyin “Jasorat” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e'lon qilindi.
Boris Maqsudov 22-noyabr kuni Zaporojye viloyatida Ukraina uchuvchisiz samolyotining hujumi oqibatida yaralangan edi. 23-noyabr kuni jurnalistning o‘limi haqida ma’lum bo‘ldi. Maqsudov bir necha bor Shimoliy harbiy okrug zonasiga xizmat safari bilan borgan va huquq-tartibot idoralari faoliyatini yorituvchi jurnalistlar safida bo‘lgan.
Marhum jurnalist Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. Sochi davlat universitetining rus va chet el adabiyoti bo‘yicha ijtimoiy-pedagogika fakultetida tahsil olgan. Faoliyati davomida jurnalistikani tanlab, onasi va bobosining izidan borgan.
Maqsudov bir necha yildan buyon “Rossiya 24” telekanali muxbiri sifatida bosib olingan Zaporoje viloyati (Ukraina)dagi harbiy amaliyotlarning borishi haqidagi reportajni suratga olish, tayyorlash va efirga uzatish bilan shug‘ullanib kelayotgan edi.

Powered by Froala Editor