Putin rossiyaliklarni koʻp farzandli boʻlishga chaqirdi

Dunyo

Prezident Vladimir Putinnig aytishicha, Rossiya Ferderatsiyasi demografik muammolarga yuz tutmoqda. Bu haqda “The Moscow Times” ma’lum qildi.

Putin rossiyaliklarni koʻp farzandli boʻlishga chaqirdi
Rossiya rahbarining qayd etishicha, mintaqa “qiyin demografik muammolar”ga duch kelmoqda va ularni yengish uchun ko‘p bolali oilalar an’anasini qayta tiklash zarur.

"Rossiyaning koʻplab xalqlari toʻrt, besh va undan ortiq bola tarbiyalanadigan kuchli, koʻp avlodli oila anʼanalarini saqlab qolishgan”, dedi Putin Butunjahon rus xalqi kengashi yigʻilishida.

U bir necha avlod oldingi ruslarning oilalarida yetti yoki sakkizta, hatto undan ham ko'proq bola bo'lganini esladi. “Mana shunday ajoyib an’analarni asrab-avaylaylik va qayta tiklaylik. Ko‘p bolali va katta oilaga ega bo‘lish Rossiyaning barcha xalqlari uchun odatiy hol, turmush tarziga aylanishi kerak”, dedi Putin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing