Pxenyan yangi raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Dunyo
Shimoliy Koreya yangi havo hujumidan mudofaa (HHM) raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqida KCNA davlat axborot agentligi xabar qildi.
Janubiy Koreyaning "Yonhap" axborot agentligi sinov 20-mart kuni o‘tkazilganini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, sinovdan o‘tkazilgan raketa "yer-havo" sinfiga kiradi va Shimoliy Koreya uni yaqinda ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilgan. Ammo raketaning aniq nomi e’lon qilinmagan.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi raketa sinovlariga izoh berar ekan, ushbu raketa KXDR armiyasi uchun "yangi mudofaa tizimi bo‘lib, uning jangovar xususiyatlari tahsinga loyiq" ekanini ta’kidladi.
AFP agentligi xabariga ko‘ra, hozirda Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar inqiroz holatida. AQSh o‘zining Janubiy Koreyadagi ittifoqchisini himoya qilish maqsadida mamlakat hududida o‘n minglab harbiylarini joylashtirgan.

Powered by Froala Editor