Ukraina o‘z ittifoqchilaridan qancha mablagʻ olgani ma’lum boʻldi

Siyosat

ISW ekspertlari Rossiya bosqinidan keyin Ukraina qancha yordam olganini hisoblab chiqdi.

Ukraina o‘z ittifoqchilaridan qancha mablagʻ olgani ma’lum boʻldi
2022-yilning fevralidan boshlab Ukraina Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi mamlakatlardan umumiy hisobda 178 mlrd dollar yordam olgan. Buni Urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Eng ko‘p yordamni Yevropa Ittifoqi davlatlari ko‘rsatgan — 148,5 mlrd dollar. Bunga yaqinda e’lon qilingan 50 mlrd yevrolik yordam paketi ham qo‘shilgan.

Birlashgan Qirollik 2022-yil fevralidan boshlab Ukrainaga umumiy yordam sifatida 15,1 milliard dollar ajratishga va’da bergan, shundan 9 milliard dollari harbiy yordamga yo‘naltirilgan.

2023-yil fevralida Norvegiya Ukraina bilan 2023-2027 yillar oralig‘ida Ukrainaga 7 milliard dollar ajratadigan qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha ko‘p yillik kelishuvga erishgan. Norvegiya Ukrainaga yiliga 1,4 milliard dollar va'da qilgan va Ukrainaga 2022-yilda taxminan 1 milliard dollar va 2023 yilda taxminan 1,9 milliard dollar ajratgan.

Turkiya va Ukraina oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash doirasida Turkiyaning yetakchi uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchisi “Baykar” 2023-yil sentabr oyida yangi UAV ishlab chiqarish korxonasi va “Bayraktar TB2” dronlariga xizmat koʻrsatish markazi ochilishini eʼlon qilgan. Zavod va xizmat ko'rsatish markazi 2025 yil boshida ishga tushishi rejalashtirilgan.

Hisobotda Shimoliy Makedoniya, Kanada, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlarning ham yordamlari qayd etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing