Qish mavsumida 21 milliard kub metr gaz yetkazib beriladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda kuz-qish mavsumida aholining energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va tizimni yanada samarali qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Hukumat vakillari tomonidan aholining ortib borayotgan talablariga mos ravishda gaz yetkazib berilayotgani, energiya tizimlari modernizatsiyasi tufayli yo‘qotishlar qisqarayotgani ma’lum qilindi. So‘nggi yillarda sanoat uchun gaz sarfi 1,6 barobarga kamaygani bu borada olib borilgan samarali ishlardan dalolat beradi.
Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, ijtimoiy muassasalar va sanoat korxonalarini barqaror ta’minlash uchun alohida zaxira tayyorlangan. Ushbu gazni aniq yo‘nalishlar bo‘yicha yetkazib berish tizimi ishlab chiqilgan.
Prezident yig‘ilish davomida geologik-qidiruv ishlarini kengaytirish, xarajatlarni maqbullashtirish va energiya ta’minoti tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yangi topshiriqlar berdi. Yangi imkoniyatlar va tashabbuslar energiya sohasi transformatsiyasini yanada tezlashtirishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor