COP-29: O‘zbekistonda 2000 MVt soat elektr energiyasini saqlash tizimlari quriladi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektr energiyasini saqlash tizimlarini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihaga start beriladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Loyihani amalga oshirish uchun Boku shahrida o‘tkazilgan COP-29 sammiti doirasida Saudiya Arabistonining "ACWA Power" kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.
Loyiha doirasida respublika hududlari bo‘ylab umumiy quvvati 2000 MVt soat bo‘lgan energiya saqlash tizimlari barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Bunda mamlakatning yagona energetika tizimini mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlash maqsad qilingan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha umumiy qiymati 1,1 milliard AQSh dollariga baholanmoqda. Shuningdek, qurilish jarayonida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu kelishuv Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasi konferentsiyasining COP-29 sessiyasi doirasida erishilgan muhim qadam hisoblanadi.

Powered by Froala Editor