Qozog‘iston Falastinga $1 mln ajratadi

Siyosat

Mamlakat Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bugun G‘azo sektoridagi tinch aholi, ayniqsa, bolalar va qariyalar qarama-qarshilik qurboniga aylanyapti. Asosiy vazifa - ularning xavfsizligini ta'minlash.

Qozog‘iston Falastinga $1 mln ajratadi
Qozog‘iston Falastin xalqiga 1 million dollarlik gumanitar yordam jo‘natadi. Bu haqda bugun, 3-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining 10-sammiti chog‘ida mamlakat Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi.

“Atrofimizda hozir qiyin vaziyat bor. Shimolda Rossiya va Ukraina o'rtasida, Yaqin Sharqda – Isroil va Falastin o'rtasida mojaro davom etmoqda. Afg'onistonda beqarorlik davom etmoqda. G‘arbda noqonuniy migratsiya muammosi tobora kuchayib bormoqda. Bugun G‘azo sektoridagi tinch aholi, ayniqsa, bolalar va qariyalar qarama-qarshilik qurboniga aylanyapti. Asosiy vazifa - ularning xavfsizligini ta'minlash. Shu munosabat bilan men Falastin xalqiga 1 million dollar miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qildim”, deydi To‘qayev.

Prezident o‘nlab yillar davomida hal etilmagan dolzarb muammolarni zo‘ravonlik va terroristik harakatlar orqali hal etish “mutlaqo nomaqbul” ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, vaziyatning keskinlashuvi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

“Shu munosabat bilan biz har qanday nizolarni faqat tinch muzokaralar va diplomatik muloqot orqali hal qilishga chaqiramiz. Biz uchun barcha davlatlarning hududiy yaxlitligini saqlash, ularning ichki ishlariga aralashmaslik asosiy ustuvor vazifalardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini qat’iy bajarish va xalqaro huquq normalariga rioya qilish muhim”, dedi To‘qayev.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing