Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yaratiladi

O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev bugun bo'lib o'tgan Qonunchilik palatasi majlisida, Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yaratilishini ma’lum qildi.

Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tish imkoniyati yaratiladi
“Hozirgi vaqtda fuqarolarimiz Qirg‘izistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqda. Endi shunday tartibni Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan”, dedi prezident.

Davlat rahbari O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirish uchun samarali tashqi siyosat olib borish, do‘st va hamkorlar doirasini kengaytirish, yaqin qo‘shnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish o‘ta muhim vazifa ekanligini aytdi.

Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing