Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Dunyo

Kuzatilayotgan sovuq havo tufayli Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarga mashinada chiqmaslik so‘ralmoqda.

Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sovuq havo harorati sababli Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.

“Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz”, deyiladi agentlik xabarida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing