Qozogʻistonda safarbarlik eʼlon qilindi
Dunyo
Qozog‘iston ikki yillik harbiy xizmatga zaxiradagi ofitserlarni safarbar qilishini e’lon qildi. Tegishli qarorni respublika bosh vaziri Alixon Smoilov imzolagan.
"2024-yilda muddatli harbiy xizmatga yaroqli va muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan zaxiradagi ofitserlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 24 oy muddatga ofitserlik lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tashga chaqirilsin”, deyiladi hujjatda.
Qaror tashabbuskori — Qozog‘iston Mudofaa vazirligi. Xizmatga jami 752 kishi chaqiriladi. Xususan, joriy yilda Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga 600 nafar, Chegara xizmatiga 80 nafar, Milliy gvardiyaga 42 nafar, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga 30 nafar fuqaro muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi lozimligi qayd etilgan.
Mudofaa vazirligining qayd etishicha, zaxiradagi ofitserlarni chaqirishdan asosiy maqsad ofitserlik lavozimlarining hozirgi yetishmovchiligini toʻldirishdir.
Zaxiradagi ofitserlarga qo'yiladigan asosiy talablar:
• yoshi 29 yoshgacha (tibbiy xizmatning zahiradagi ofitserlari uchun - 32 yoshgacha),
• sog'lig'ining harbiy xizmatga yaroqliligi;
• talab qilinadigan harbiy mutaxassislikning mavjudligi.
“Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan zahiradagi ofitserlar muddatli harbiy xizmatdan ozod qilinadi”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor