Qozog‘istondagi portlashda ikki o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi

Dunyo

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan ikki nafar halok bo‘lganlarning jasadi va besh nafar jarohatlanganlar (shundan uch nafari bolalar)ni chiqarib olgan. Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan.

Qozog‘istondagi portlashda ikki o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi
Bugun, 30-yanvar kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Buxar-Jirau tumanidagi ikki qavatli turar-joyda gaz balloni portladi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston elchixonasi matbuot xizmati.

Ikki qavatli turar joy binosidagi xonadonda maishiy gaz balloni portlagan, so‘ngra binoning taxminan 300 kvadrat metr maydonidagi devorlar, tom va shiftlar qulab tushgan. 46 kishi yashab kelgan mazkur turar joyda portlash vaqtida 35 kishi bo‘lgan va vayronalar tagidan 7 kishi chiqarib olingan.

Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Elchixona holat nazoratga olinganini, Qarag‘anda viloyati politsiyasi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari bilan aloqa o‘rnatilganini bildirdi. Fuqarolardan hushyor bo‘lishlarini hamda favqulodda vaziyat bo‘lganida xabar berishlarini so‘radi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing