Ramzan Qodirov: “O‘zbekiston qalbimda abadiy qoladi”

O'zbekiston

Ramzan Qodirov Toshkentga tashrifi davomida otasi — Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmat-Hoji Qodirovning hayoti bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ramzan Qodirov: “O‘zbekiston qalbimda abadiy qoladi”
«Delegatsiyamiz bilan birinchi bo’lib Ko‘kcha masjidi va Shayx Zayniddin maqbarasiga bordik. Bu yerda Ahmat Hojining hurmatli ustozi va oilamizning yaqin do'sti, Imom Al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti rektori Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf dafn etilgan. U otam uchun nihoyatda aziz inson edi, uni juda hurmat qilardi», — dedi u.

So‘ng u Mo‘yi Muborak madrasasi joylashgan Hazrati Imom diniy-tarixiy majmuasini ziyorat qildi. U yerda unga va hamrohlariga musulmonlarning eng muhim qadriyatlaridan biri — Muhammad Payg'ambarning kuyovi, uchinchi Solih xalifa Usmon ibn Affanning buyrug'i bilan to'plangan kitob ko'rinishidagi Qur'onning asl nusxasi ko'rsatildi.

Bundan tashqari, Ramzan Qodirov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” majmuasiga tashrif buyurdi. Unga kelajakdagi ulug'vor obyektning taqdimoti namoyish etildi.

"Men Toshkent haqida Ahmat Hojining so'zlaridan bilardim. Endi har safar bu go'zal shaharga tashrif buyurganimda, xuddi sevimli otam borganiday, bu tarixiy va diniy joylarni ziyorat qilaman. Bu yerdagi hamma narsa menga uni eslatadi. O‘zbekiston qalbimda abadiy qoladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing