Ravshan Haydarov Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport

O‘zbekiston futbol federatsiyasi murabbiylar kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlar muhokama qilindi. Unda "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohibi Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Ravshan Haydarov Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Ravshan Haydarov boshchiligidagi turli yosh toifasidagi terma jamoalar ikki bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan va ikki marta Jahon chempionatida ishtirok etgan. Uning rahbarligida yosh futbolchilarning mahoratini oshirish va xalqaro maydonlarda muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha samarali ishlar olib borilgan.

Mazkur tayinlov U-23 terma jamoasining kelajakdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. O‘zbekiston futboli ravnaq topishi yo‘lida Haydarovning boy tajribasi va murabbiylik mahorati katta ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing