Donald Tramp X platformasida Ilon Mask’ga intervyu berdi
Siyosat
DDoS-hujum tufayli intervyu 45 daqiqa kechikdi. Ammo shunga qaramay, intervyu millionlab tinglovchilarni jalb qildi. Suhbat davomida Tramp Rossiya, Xitoy bilan munosabatlar va AQSh ichki siyosati bilan bog'liq muhim mavzularni ko'tardi.
Asosiy iqtiboslar:
— AQSh saylovlarida g'alaba qozongan taqdirda, Putin bilan yana til topishga umid qilayotganini aytdi: "Umid qilamanki, biz yana u bilan til topamiz. Bilasanmi, u bilan til topish yaxshi, yomon emas".
— U Putin yaxshi muzokarachi ekanligini va Bayden Ukrainaning NATOga qabul qilinishiga yo'l qo'yib, "xato qilganini" ta'kidladi.
— Kamala Harris, uning fikricha, Baydendan ham "kamroq malakali". Trampning aytishicha, 30 yil oldin Baydenning IQ darajasi past bo'lgan, hozir esa umuman yo'q.
— Tramp, Bayden saylov kampaniyasidan chiqib ketishiga davlat to'ntarishi sabab bo'lganini, aslida u ketishni xohlamaganini ta'kidladi.
— U AQSh ustida dunyodagi eng yaxshi "Temir gumbaz" (PRO tizimi) qurishni rejalashtirayotganini aytdi, shunda mamlakatga hech narsa tahdid solmaydi.
— Tramp, Pensilvaniyadagi chiqishi paytida unga suiqasd uyushtirgan qotilni yo'q qilgan merganga minnatdorchilik bildirdi. O‘sha vaqtda bir ayol o‘ldirilgan va yana bir necha kishi jarohat olgan edi. Trampning o'zi qulog'idan yaralangan.
— U insoniyat uchun eng katta tahdidni global isish emas balki "yadro isishi", deb atadi.
— Tramp Xitoyning hozirgi yadro qurolini ko'paytirishi natijasida AQShni yadro arsenalining hajmi bo'yicha ortda qoldirishi mumkinligini taxmin qildi.
— U, shuningdek, Ukrainada Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibi yetishmasligini aytdi.
— Tramp, Vashington Rossiya va Xitoyning manfaatlari mos kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi.
— Uning fikricha, ichki tahdidlar AQSh uchun tashqi tahdidlar, xususan, Xitoy yoki Rossiyadan keladigan tahdidlardan ko'ra xavfliroq.

Powered by Froala Editor