Ronaldu endi kino sohasida faoliyatini davom ettiradi
Sport
Futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu bu safar u sport emas, balki san’at olamiga – aynan Gollivud sari yo‘l oldi. Britaniyalik mashhur rejissyor Mettyu Von bilan hamkorlikda Ronaldu UR•Marv nomli mustaqil kino studiyasini ishga tushirdi. Bu yangilikni futbol afsonasi o‘zining X (Twitter) sahifasida e’lon qildi.
Mettyu Von – zamonaviy kinematografiyaning eng yorqin va uslubiy rejissyorlaridan biri. “Kingsman”, “Kick-Ass”, “X-Men: First Class” kabi filmlar orqali u o‘z uslubini yaratgan va bugun bu tajribani Ronaldu bilan bo‘lishmoqda. Ular birgalikda hozirgacha ikki film suratga tushirishdi, uchinchisi ishlab chiqilmoqda. Eng qizig‘i – bu filmlar bir-biriga bog‘langan syujet tizimi asosida yaratilmoqda. Bu, ehtimol, yangi franchiza boshlanishidir.
Ronaldu aytishicha, bu shunchaki navbatdagi aktyorlik tajribasi emas – bu boshqaruv, investorlik, hamkorlik, bir so‘z bilan aytganda, strategik fikrlash mevasidir.
Mettyu Von esa bu hamkorlikdan hayratda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu maydonda yaratgan sahnalarni hech qaysi ssenariy takrorlay olmaydi. U Ronaldu haqida "haqiqiy superqahramon" deya ta’rif berdi. Bu bejiz emas – zero, Ronaldu yillar davomida o‘z tanasi va ruhiy holatini mukammal darajada boshqarib kelgan, hozir esa bu mukammallikni kameralar ortidagi dunyoga olib chiqmoqda.
Ammo bu Ronaldu uchun birinchi ijodiy qadam emas. 2023 yilda u Portugaliyaning yirik media xoldingi – Medialivre’ga sarmoya kiritdi. 2024 yilda esa UR Cristiano nomli YouTube kanalini ishga tushirdi. Bu kanal orqali u o‘z hayotini, kundalik faoliyatini va ichki dunyosini muxlislar bilan baham ko‘radi.
Endi sevimli futbol yulduzini nafaqat yashil maydonda balki, kino sahnalarida qahramon sifatida tomosha qilish mumkin.

Powered by Froala Editor