Rossiya AQSHga aviareyslarni tiklash shartini aytdi
Siyosat
Rossiya va AQSH o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi faqat bir shart bilan tiklanishi mumkin - agar Vashington "Aeroflot"ni sanksiyalar ostidan chiqarsa.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Olmaotadagi matbuot anjumanida Moskva bu masalani bir oydan ko‘proq vaqt oldin Ar-Riyoddagi muzokaralarda, shuningdek, yaqinda Istanbulda ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik muloqot masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda ko‘targanini ma’lum qildi.
"Bu "Aeroflot"ning sanksiyalardan chiqarilishi oqibati bo‘lishi kerak," - dedi Lavrov parvozlarni qayta tiklash imkoniyatiga izoh berar ekan.
TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, hozircha Amerika tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan. "To‘g‘risini aytsam, ular bilan hali bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Ehtimol, u yerda biron bir o‘zgarish bo‘lgan, ammo hozircha ular haqida ma’lumot yo‘q," - dedi u.
Avvalroq AQSHda jurnalistlar prezident Donald Trampga parvozlarni qayta tiklash imkoniyatlari haqida savol berishgan, biroq Tramp bu borada qandaydir tafsilotlar unga noma’lum ekanini aytgandi.

Powered by Froala Editor