Rossiya bilan mojaro tugaganidan keyin Ukrainani qayta tiklash qanchaga tushadi?
Iqtisodiyot
Yevrokomissiya maʼlumotlariga koʻra, Rossiya bilan urush tugaganidan keyin Ukrainani tiklash taxminan 453 milliard yevroga tushadi. Zarar va ehtiyojlarni tezkor baholash natijalariga ko'ra, kelgusi o'n yillikda mamlakatni qayta tiklashning umumiy qiymati 486 milliard dollarni (452,8 milliard yevro) tashkil etadi.
Avvalroq “Financial Times” ham Yevropa Ittifoqi elchilari 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur hujjatlarni kelishib olgani haqida xabar bergan edi. Endi bu kelishilgan matn Yevroparlament tomonidan tasdiqlanishi kerak va Kiyev mart oyi boshidan moliyalashtirilishi kutilmoqda.
Powered by Froala Editor