Rossiya eksperimental raketani yana qo‘llamoqchiligini ma'lum qildi
Dunyo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududida yadro quroli tashish imkoniyatiga ega eksperimental o‘rta masofali ballistik raketani sinovdan o‘tkazganidan so‘ng, yana shunday raketa hujumlarini amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu harakatni “xalqaro jinoyat” deb qoraladi. Rossiya o‘zining "Oreshnik" (yong'oqzor) deb nomlangan raketasini Ukraina Dnipro shahridagi raketa zavodiga qarshi uchirdi.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, bu raketa Rossiyaning RS-26 Rubezh qit’alararo ballistik raketasi asosida ishlab chiqilgan va yadro kallagini tashish qobiliyatiga ega.
Juma kuni mudofaa konferensiyasida Putin ushbu raketalarning soni bo‘yicha AQShning “faqat bir nechta” bor degan da’vosini rad etdi. U Rossiya armiyasida bunday qurollar yetarli miqdorda borligini, ular jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazilayotganini va ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. - “Biz bunday sinovlarni davom ettiramiz”, “Bu Rossiya xavfsizligiga tahdidlarning holati va xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi.” dedi Putin.
Rossiyaning strategik raketa kuchlari qo‘mondoni Sergey Karakayev ushbu raketalar butun Yevropa hududidagi nishonlarga zarba berishga qodir ekanini ta’kidladi. -“Bu qurol butun Yevropa hududidagi nishonlarni urishi mumkin, bu uni boshqa uzoq masofali qurollardan ajratib turadi,” dedi Karakayev.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning bunday harakatlarini keskin qoraladi va uni “xalqaro jinoyat”, -“Yangi qurollarni sinash maqsadida boshqa bir mamlakatdan foydalanish xalqaro huquqni buzuvchi jinoyatdir,” dedi Zelenskiy.
U juma kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, dunyo mamlakatlari, xususan, global janub davlatlarini bu hujumlarni qoralashga chaqirdi. Zelenskiy, shuningdek, mudofaa vaziriga yangi havo hujumidan mudofaa tizimlarini olish uchun xalqaro hamkorlar bilan maslahatlashishni buyurganini ma’lum qildi.
Rossiyaning yadro quroli tashish qobiliyatiga ega bo‘lgan raketalardan foydalanishi nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikka ham jiddiy tahdid solmoqda, deya xabar bermoqda The Guardian.

Powered by Froala Editor