Rossiya neft bazalari kuniga 600 ming barrel tozalangan neftni yo‘qotmoqda

Dunyo

Gunvor Group xalqaro energiya tovarlari savdo kompaniyasi direktori Torbyorn Tornqvistning hisob-kitoblariga ko’ra, Ukrainaning so'nggi dronlar hujumlari oqibatida Rossiyaning kuniga taxminan 600 ming barrel neftni qayta ishlash quvvatiga ega zavodlari ishdan chiqdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Rossiya neft bazalari kuniga 600 ming barrel tozalangan neftni yo‘qotmoqda
Oxirgi ikki hafta ichida Rossiya neft sanoati yirik dron hujumlariga duch keldi. Kamida 8 ta neftni qayta ishlash zavodi va neft bazalariga qilingan hujumlar hujjatlashtirilgan.

Shu fonda, deb yozadi Bloomberg, dizel yoqilg‘isi fyucherslari to‘rt barobarga, benzin fyucherslari esa olti barobarga oshgan.

JPMorgan investitsiya banki tahlilchilari o'z taxminlarida yanada uzoqroqqa borishdi — ular hujumlar va ular oqibatida neftni qayta ishlash zavodlarining to'xtab qolishlari Rossiya NQIZ’larining quvvatini kuniga 900 ming barrelga kamaytirishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Eslatib o'tamiz, Gunvor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldin Rossiya neftining asosiy sotuvchisi bo'lgan, biroq 2022-yilning bahorida hamkorlar bilan aloqalarini uzgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing