Rossiya O‘zbekiston va Turkmaniston bilan temir yo‘llarni Hind okeanigacha uzaytirishni muhokama qilmoqda

Iqtisodiyot

Rossiya O‘zbekiston va Turkmaniston bilan hamkorlikda temir yo‘l yo‘nalishlarini Afg‘oniston va Pokiston orqali Hind okeanigacha uzaytirish imkoniyatlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Transport vazirligi ushbu yo‘nalish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Rossiya O‘zbekiston va Turkmaniston bilan temir yo‘llarni Hind okeanigacha uzaytirishni muhokama qilmoqda
Xusnullinning ta’kidlashicha, hozir Kaspiy dengizining sharqiy aylanma yo‘li sifatida ko‘rilayotgan temir yo‘l yo‘nalishi ham rivojlantirilmoqda. Shu bilan birga, Rossiya Markaziy Osiyodagi hamkorlari bilan O‘zbekiston va Afg‘oniston orqali Hind okeaniga chiqadigan avtomobil yo‘nalishini ham o‘rganmoqda.

«Yetarlicha faol ishlab chiqyapmiz. Turkmaniston va O‘zbekistondagi hamkasblar ham temir yo‘llarni Afg‘oniston va Pokiston orqali Hind okeanigacha uzaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda», — dedi Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari.

Xusnullin ushbu yo‘nalishni qo‘shimcha transport koridori sifatida baholab, Eron atrofidagi vaziyatni hisobga olgan holda uning ahamiyati oshganini ta’kidladi. U Kaspiy dengizining nafaqat g‘arbiy, balki sharqiy aylanma yo‘nalishini rivojlantirish Rossiya uchun iqtisodiy va transport nuqtayi nazaridan muhim ekanini qayd etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing