Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda

Siyosat

Avval xabar berganimizdek, 22-23 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilgan edi. Kuni kecha 22-aprel kuni, Sergey Lavrov rasmiy tashrif doirasida Samarqandga yetib keldi. Vazirni O'zbekistondagi hamkasbi Baxtiyor Saidov kutib oldi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda
Tomonlar tashrif doirasida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga doir masalalarni muhokama qilishga kirishdilar.

23-aprel kuni Samarqanddagi “Motamsaro ona” yodgorligi oldida gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda Sergey Lavrov ham ishtirok etib, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Davlat rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing