Rossiya va Xitoy AQShning G'azo bo'yicha rezolyutsiyasiga veto qo'ydi

Dunyo

Rossiya va Xitoy 22-mart kuni BMT Xavfsizlik kengashida AQShning G‘azo sektori bo‘yicha rezolyutsiya loyihasiga qarshi chiqdi.

Rossiya va Xitoy AQShning G'azo bo'yicha rezolyutsiyasiga veto qo'ydi
RIA Novosti ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya va Xitoydan tashqari, Jazoir ham Amerika rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi, Gayana esa betaraf bo'lishga qaror qildi.

Rossiya vakillari AQSh tomonidan taklif qilingan rezolyutsiya loyihasida G'azo sektorida o't ochishni to'xtatishga to'g'ridan-to'g'ri chaqiriq yo'qligi bilan rozi emasligini ta'kidladilar.

The New York Times gazetasining yozishicha, ushbu rezolyutsiya loyihasini yaratishdan maqsad AQSh prezidenti Jo Baydenning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tomonidan rejalangan Rafah shahridagi quruqlikdagi operatsiyaga rozi emasligini ta'kidlash edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing