Rossiya yoqilg‘i eksportiga taqiqni bekor qilmoqchi

Dunyo

Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi Rossiyadan yoqilg‘i eksportiga qo‘yilgan qisman taqiqni olib tashlashga ruxsat beradi, biroq uning muddati hali aniq emas. Bu haqda vazir Nikolay Chulginov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS.

Rossiya yoqilg‘i eksportiga taqiqni bekor qilmoqchi
“Biz bu mavzu ustida ishlayapmiz. Narxlar, hajmlar va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilmoqdamiz. Biz barcha qarorlarga tayyor bo‘lishimiz kerak, ammo [taqiqni bekor qilish] vaqti hali aniqlanmagan”, deydi u kecha, 1 noyabr kuni Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga yoqilg‘i yetkazib berish hajmini o‘zgartirish imkoniyati haqida gapirar ekan, vazir shunday dedi:

“Bizda doimiy ravishda indikativ balanslarni oshirish yoki kamaytirish bo‘yicha so‘rovlar bo‘ladi, xususan, biz bugun O‘zbekiston, Qirg‘iziston bilan turli neft mahsulotlari bo‘yicha muhokama qildik”.

2023 yil 21 sentyabrdan boshlab Rossiya hukumati ichki bozorni barqarorlashtirish uchun benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga cheklovlar kiritdi.

6 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi yoqilg‘i bozorini tartibga solish bo‘yicha bir qancha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi. Xususan, Rossiya ichki bozorga ishlab chiqarilgan dizel yoqilg‘isining kamida 50 foizini yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilar uchun dizel yoqilg‘isini quvurlar orqali dengiz portlariga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing