Sadir Japarov 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga bo'ladi

Siyosat

Tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Sadir Japarov 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga bo'ladi
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo‘ladi, deb xabar bermoqda Qirg'izton Prezidenti matbuot xizmati.

Tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Tomonlar oʻzaro manfaatli barcha yoʻnalishlar boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Qirgʻiziston-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.

Davlat rahbari Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi. Bundan tashqari, ushbu tashrif bilan bog‘liq Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi kabi qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing