Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

O'zbekiston

Kuni kecha 12-fevral kuni, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqida Mirziyoyeva shaxsiy Telegram kanalida xabar berdi.

Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Suhbatda tez o‘zgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

«Shuningdek, ayollar uchun imkoniyatlar yaratish, ta’lim sohasini yaxshilash hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Bundan oldin, yanvar oyida Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashgan edi. Muloqot davomida aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammitiga ko‘rilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing