Saida Mirziyoyeva Jenevada JST rahbari bilan uchrashdi
O'zbekiston
Jenevada O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tashrif doirasida bir qator muhim uchrashuvlar va tadbirlarda ishtirok etdi.
Rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, u JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iweala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda O‘zbekistondagi islohotlar, JSTga qo‘shilish yo‘lidagi chaqiriqlar va ishonch hamda hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi. Saida Mirziyoyeva JST rahbariga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston islohotlar bo‘yicha o‘z majburiyatlariga sodiq ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Mirziyoyeva O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimida so‘zga chiqdi. U nutqida islohotlar, barqarorlik va insonlarni chegaralardan qat’i nazar birlashtiradigan qadriyatlar haqida gapirdi.
Yana bir muhim yangilik — Jenevadagi BMT binosida tez orada «O‘zbekiston xonasi» ochiladi. Bu makon mamlakatimizning dunyoga ochiqligi ramzi va ko‘p madaniyatli hamjamiyatda muloqot maydoni bo‘ladi.

Powered by Froala Editor