Saida Mirziyoyeva maktab o‘quvchilariga Prezident Administratsiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi
O'zbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi gʻoliblarini Prezident Administratsiyasi bilan tanishtirdi. Bu haqda Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Prezidentning yordamchisining taʼkidlashicha, ushbu tanlovda 6885 ta maktab va 7–9-sinflarning 35 mingga yaqin o‘quvchilari ishtirok etgan. G‘olib jamoalar pul mukofotlariga ega bo‘lgan va 70 nafar finalchi 14 nafar o‘qituvchi hamrohligida Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytgan, ular u yerda bir hafta mobaynida nufuzli ingliz maktablarining o‘quvchilari sifatida dars va mashg‘ulotlarda qatnashishgan.
“Bugun biz tanlov va fan olimpiadalari g‘oliblari bilan Prezident Administratsiyasida uchrashdik, men ularga mamnuniyat bilan Administratsiya ish faoliyati haqida tushuncha berib, ekskursiya uyushtirdim. Bolalar aqlli va qiziquvchan. Ko‘ngli ochiq va to‘g‘riso‘z. Ular bizning kelajagimiz. Har biringiz — davlatimizning boyligi, biz sizlarning bilimga intilishingizni qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz. Chunki farzandlarimiz muvaffaqiyat eshiklarini nafaqat o‘zlari uchun ochadilar. Balki hammamiz uchun, butun mamlakat uchun”, deydi u.

Powered by Froala Editor