Muzokaralar natijalari kelishuvlar bilan mustahkamlandi

O'zbekiston

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Muzokaralar natijalari kelishuvlar bilan mustahkamlandi
Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;

Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;

Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;

Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;

Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;

Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;

Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;

din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing