Samarqand — tarix, go‘zallik va iliq suhbatlar bilan to‘ldi
O'zbekiston
2025-yilning 24-aprel kuni Samarqand shahri yana bir muhim tarixiy voqeaga mezbonlik qildi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar doirasida Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva bilan birgalikda Samarqandning qadimiy obidalarini ziyorat qildi.
Dastlab, Amir Temur maqbarasi ziyorat qilindi. Mehmon ushbu maskanda buyuk sarkardaning tarixiy merosi bilan yaqindan tanishib, O‘zbekiston xalqi tomonidan tarixga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni yuqori baholadi.
Keyingi manzil Bibixonim masjidi bo‘ldi — go‘zal me’moriy yechimlari va tarixiy ahamiyati bilan tanilgan bu maskan mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Sayohat davomida delegatsiya a’zolari afsonaviy Registon maydoniga tashrif buyurib, u yerdagi madrasa va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdilar. Oguljahon Gurbanguliyevna Registonning madaniy boyligi va me’moriy go‘zalligini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, mehmonlar Konigil turizm qishlog‘iga tashrif buyurdi. Bu yerda qadimiy hunarmandchilik an’analari saqlanib qolgan bo‘lib, mehmonlarga qo‘lda qog‘oz tayyorlash, keramika, zardo‘zlik kabi ko‘hna san’at turlari jonli tarzda namoyish etildi.
Tashrif davomida tomonlar qadimiy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish masalasida ham fikr almashdilar.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva "Samarqand nafaqat O‘zbekistonning durdonasi, balki butun mintaqaning muhim madaniy markazi bo‘lib, bu yerda Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, san’ati va ma’naviy merosi o‘zaro uyg‘undir" deya ta'rifladi hamda o'z ijtimoiy sahifasida ushbu tarixiy lahzalarni muhrlab qo'ydi.

Powered by Froala Editor