Samarqandda tarixiy sammit yakuniga yetdi

O'zbekiston

2025-yil 3–4 aprel kunlari Samarqand shahri yana bir bor muhim xalqaro voqeaning markaziga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ilk bor "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda tarixiy sammit yakuniga yetdi
Mazkur sammit mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarda yangi bosqichga o‘tish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Sammitda Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etdi. Yuqori martabali mehmonlarning Samarqandga tashrifi mintaqa va Yevropa o‘rtasidagi strategik aloqalarning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z yurtlariga qaytib ketishdi. 4 aprel kuni Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar tantanali tarzda kuzatib qo‘ydi.

Mazkur sammit nafaqat mintaqaviy integratsiyaning yangi bosqichi, balki O‘zbekistonning global siyosatdagi faol va ochiq tashqi siyosat yuritayotganining yorqin dalili bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing