Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi

O'zbekiston

Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga Ziyadulla Danabayevich Karimov hokim etib tayinlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligining matbuot xizmati.

Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ziyadulla Karimov 1979-yilda Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2007-yilda Toshkent moliya instituti va 2010-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U shu kunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Yangi lavozimda Karimov 2022-yil 17-oktyabrdan 2024-yilning mayiga qadar ishlagan Akmal Mirzayev o‘rnini egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing