Olimlar Amazonkaning butun Yer atmosferasiga ta’sirini aniqladi
Dunyo
Amazoniyada kuzatilgan rekord darajadagi qurg‘oqchilik nafaqat dunyodagi eng yirik tropik o‘rmonlarga, balki Yer atmosferasining kimyoviy tarkibiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Olimlar 2023-yildagi ekstremal qurg‘oqchilik oqibatlarini o‘rganib, shunday xulosaga keldi.
Maks Plank nomidagi Kimyo instituti tadqiqotchilari qurg‘oqchilik davrida Amazoniya tuprog‘ining izopren gazini yutish qobiliyati qariyb 25 foizga kamayganini aniqladi. Izopren tropik o‘simliklar tomonidan katta miqdorda ajratiladigan organik birikma hisoblanadi.
Bunga tuproqdagi izoprenni parchalaydigan mikroorganizmlar faolligining namlik yetishmasligi sabab pasayishi sabab bo‘lgan. Natijada atmosfera tarkibida ushbu gaz miqdori ortgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, izopren konsentratsiyasining oshishi atmosferaning oksidlanish qobiliyatini pasaytiradi va metanning havoda uzoqroq saqlanishiga olib keladi. Bu esa issiqxona effektini kuchaytirishi mumkin.
Olimlar Amazoniya dunyodagi eng yirik izopren manbalaridan biri ekanini eslatib, tadqiqot natijalari ekstremal iqlim hodisalari, o‘rmon ekotizimlari va global atmosfera jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq tushunishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor