Bitiruvchilar mehnat bozoriga tayyorlanmoqda: parlament yangi yondashuvlarni muhokama qildi
O'zbekiston
Oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, iqtisodiyot ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlash hamda oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar hamkorligini kuchaytirish Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi navbatdagi “Hukumat soati”ning asosiy mavzusiga aylandi.
“Adolat” SDP fraksiyasi hamda Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berib, deputatlar savollariga javob qaytardi.
Ta’kidlanishicha, 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi iqtisodiyotning prognoz qilinayotgan ehtiyojlari asosida to‘rt yillik davr uchun shakllantirilmoqda. 2026/2027-o‘quv yilida 36 023 ta davlat granti ajratildi, bakalavriatga qabul esa 234 mingdan ortiq o‘rinni tashkil etdi. Muhandislik, axborot texnologiyalari, pedagogika va agrar yo‘nalishlarga ustuvorlik berilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida ish beruvchilar bilan hamkorlik kengaytirilmoqda, korxonalarda kafedra filiallari ochilmoqda, startaplar va spin-off kompaniyalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ta’lim dasturlari dunyoning TOP-300 universitetlari tajribasi asosida yangilanmoqda.
2025/2026-o‘quv yilida 323 mingdan ortiq talaba bitirgan bo‘lsa, 2027-yilda bu ko‘rsatkich 390 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Ularni ish bilan ta’minlash maqsadida TalabaExpo ko‘rgazmalari, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari va mahorat darslari tashkil etilmoqda. Joriy yilda 378 ta yarmarka va 1 243 ta workshop o‘tkazilib, ularda 7 700 dan ortiq ish beruvchi hamda 144 mingdan ziyod bitiruvchi qatnashdi. Natijada qariyb 18 ming nafar yosh mutaxassisni ishga joylashtirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, career.edu.uz platformasi orqali bitiruvchilar bandligi real vaqt rejimida monitoring qilinmoqda, ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. May–iyun oylarida ish bilan ta’minlanmagan bitiruvchilar soni qariyb 19 ming nafarga kamaydi.
Deputatlar ta’lim sifati, “yashil” iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash, raqamli tafovutni qisqartirish, platforma samaradorligi va oliy ta’lim rahbarlarining mas’uliyati yuzasidan takliflar bildirdi. Vazir ushbu takliflar tizimni yanada takomillashtirishda inobatga olinishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor