Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
O‘n yilda mamlakatimizda pensiya miqdori 3,3 barobar oshirildi, uning eng kam miqdori minimal iste’mol xarajatlari darajasidan yuqori belgilandi. 2021-yilgacha 1,1 million nafar fuqaroning pensiyasi 400 ming so‘mdan kam bo‘lgan. Bugungi kunda eng kam pensiya miqdori 878 ming so‘mni, minimal iste’mol xarajatlari esa 715 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Taqdimotda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi rivojlangan mamlakatlarda pensiya mablag‘lari iqtisodiyot uchun uzoq muddatli resurs vazifasini o‘tayotgani qayd etildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda pensiya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, iqtisodiyotga uzoq muddatli mablag‘larni jalb qilish mumkin. Buni Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari ham tasdiqlamoqda.
Shu bois pensiya tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish, jamg‘arib boriladigan, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
Hozirda fuqarolar ish haqining 0,1 foizi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ushbu mablag‘larga hisoblanadigan yillik 10 foizlik daromad bank omonatlaridan qariyb ikki barobar kam.
Shu munosabat bilan mazkur tizimning jozibadorligini oshirish va aholini unda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar taklif qilindi.
Xususan, oylik ish haqi 7,6 million so‘mgacha (pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 15 baravari) bo‘lgan fuqaro jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga ish haqining 5 foizini o‘tkazsa, davlat tomonidan qo‘shimcha yana 2,5 foiz miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Oylik ish haqi 7,6 million so‘mdan yuqori bo‘lgan fuqarolar uchun esa to‘langan ijtimoiy soliqning shu miqdordan oshgan qismining 1 foizini ularning jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga o‘tkazish taklif etildi.
Pensiya miqdorini hisoblash tartibini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Amalda pensiya oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyatidagi besh yillik ish haqidan hisoblanadi. Shuningdek, ish haqining 6 million so‘mdan yuqori qismi hisobga olinmaydi. Bu ayrim hollarda fuqarolar pensiyasining o‘rtacha miqdori pasayishiga olib kelmoqda.
Shu bois pensiya hisoblanadigan ish haqi davrini 5-yildan 20-yilgacha uzaytirish hamda past daromad olingan ayrim davrlarni hisobdan chiqarish taklif qilindi.
Shuningdek, 2027-yildan boshlab pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining yuqori chegarasini hozirgi 6 million so‘mdan 6,6 million so‘mga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi tartib asosida pensiyaga chiqadigan fuqarolarning pensiya miqdori hozirgiga nisbatan 8 foizga oshirishi mumkin.
Davlatimiz rahbari pensiya tizimidagi o‘zgarishlar millionlab fuqarolarning hayoti va kelajagiga daxldor ekanini ta’kidlab, har bir taklifning ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini puxta hisob-kitob qilish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.
Bunday masalalarni aholi, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni jalb qilgan holda ochiq muhokama qilish, islohotlarning maqsadi va kutilayotgan natijalarini fuqarolarga aniq tushuntirish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilarga xorijiy tajribani har tomonlama puxta o‘rganib, xususiy va korporativ pensiya tizimlarini yaratish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

Powered by Froala Editor