Turkiya Qora dengizdagi kemalar qatnovi xavfi haqida ogohlantirdi

Dunyo

Qora dengizda tijorat kemalariga uyushtirilayotgan hujumlar ko‘payayotgani Turkiyada dengiz tashuvlari xavfsizligi va energiya ta’minoti barqarorligi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.

Turkiya Qora dengizdagi kemalar qatnovi xavfi haqida ogohlantirdi
Aydınlık nashrining yozishicha, turkiyalik ekspertlar dronlar yordamida fuqarolik kemalariga uyushtirilayotgan hujumlar nafaqat kemalar qatnoviga, balki mamlakatning energetik xavfsizligiga ham tahdid solayotganini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, hujumga uchrayotgan kemalar orasida turk kompaniyalari boshqaruvidagi kemalar ham bor.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 9–11-iyul kunlari sodir bo‘lgan hujumlarda qariyb 50 ta kema zarar ko‘rgan. Hujumlar Ilon oroli (Zmeyniy) yaqinida dronlar yordamida amalga oshirilgani qayd etilgan. Britaniyaning Vanguard Tech kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, 7-iyul kuni Novorossiysk yaqinida Yasa Polaris turk tankeri ham dron hujumiga uchragan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qora dengizdagi fuqarolik kemalari xomashyo va energiya resurslarini tashishda muhim ahamiyatga ega. Turkiya har oy Rossiyadan 5 million barreldan ortiq neft import qiladi, ayrim oylar esa bu ko‘rsatkich 12 million barrelgacha yetadi.

Ekspertlar dengiz savdo yo‘llari xavfsizligini ta’minlash mintaqaviy savdo va energiya ta’minoti barqarorligi uchun strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etmoqda. Hujumlar ko‘lami va oqibatlariga oid ma’lumotlar esa turli manbalar tomonidan baholanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing