Sardor Rahimxon yangi lavozimga tayinlandi

O'zbekiston

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.

Sardor Rahimxon yangi lavozimga tayinlandi
1-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ‘Yurak amri‘ nomli xayriya ishlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) Fond rahbari o‘rinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

Soʻnggi yillarda Sardor Rahimxon xayriya-insonparvarlik ishlariga boshchilik qilib kelmoqda. Uning boshchiligida Yurak amri insonparvarlik loyihasi tashkil etilgan. Bundan tashqari tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi videoroliklar tayyorlagan. Mehr-sahovat koʻkrak nishoni (2020) bilan taqdirlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing