Saudiya Arabiston 6 nafar eronlik fuqaroni qatl etdi

Dunyo

Saudiya Arabiston eronlik oltita fuqaroni, narkotik moddalarni kontrabanda qilishga uringanligi uchun qatl etdi.

Saudiya Arabiston 6 nafar eronlik fuqaroni qatl etdi
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi, narkotik moddalarni mamlakatga noqonuniy olib kirishga uringan oltita eronlik fuqarosiga nisbatan o'lim jazosining ijro etilganligi haqida ma'lumot berdi.

"Eron fuqarolari Kasem Muhammad Shabani, Abdurreza Yunus Tenkasiri, Xalil Shahid Samri, Muhammad Javad Abduljalil, Mehdi Kenan Ghanimi va Xur Muhammad Shabani mamlakatga narkotiklarni noqonuniy ravishda olib kirishga uringan", — deya xabar berdi Saudiya Arabistonining rasmiy SPA agentligi Ichki ishlar vazirligi bayonotidan iqtibos keltirgan holda.

Bayonotda aytilishicha, ayblanuvchilar qo'lga olingach, sud tomonidan aybdor deb topilgan va o‘lim jazosiga hukm qilingan. Shundan so’ng, Saudiya Arabistonin rasmiylarining buyrug‘i bilan o'lim hukmi ijro etilgan.

Eron davlat agentligi IRNA xabariga ko'ra, Eron Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchisi Abdulloh bin Saud al-Anzini chaqirib, eronlik fuqarolarining o'ldirilishi bilan bog'liq "qattiq so'zlar" bilan noroziligini bildirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing