Saylovlardan so‘ng Daniya bosh vaziri Frederiksen iste’foga chiqdi

Siyosat

Parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Fredrik Xga ariza topshirib, yangi hukumat tuzilishi jarayonini boshladi.

Saylovlardan so‘ng Daniya bosh vaziri Frederiksen iste’foga chiqdi
25 mart kuni Frederiksen o‘z hukumatini iste’foga chiqarish bo‘yicha rasmiy arizani qirol Fredrik Xga topshirdi. U yetakchilik qilgan uch partiyali koalitsiya saylovlarda katta mag‘lubiyatga uchradi.

The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, Frederiksen yetakchiligidagi «Sotsial-demokratlar» partiyasi 21,9% ovoz bilan so‘nggi yuz yillikdagi eng past natijani qayd etdi. Sotsialist xalq partiyasi (SF) 11,6%, «Venstre» partiyasi esa 10,1% ovoz oldi. Qolgan siyosiy kuchlarning qo‘llab-quvvatlashi 10% dan oshmadi.

Iste’fo demokratik standart jarayon bo‘lib, yangi vazirlar kabinetini shakllantirishni boshlaydi. O‘tish davrida Frederiksen bosh vazir vazifasini bajarishda davom etadi va kelajak hukumat tarkibida asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing