SBU rahbari Vasiliy Malyuk lavozimni tark etdi va maxsus operatsiyalarga e’tibor qaratadi

Dunyo

Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk lavozimidan ketishini e’lon qildi. U SBU tizimida qolib, assimetrik maxsus operatsiyalar bilan shug‘ullanishini bildirdi.

SBU rahbari Vasiliy Malyuk lavozimni tark etdi va maxsus operatsiyalarga e’tibor qaratadi
Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyuk lavozimidan ketdi. Bu haqda u SBUning rasmiy Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qildi.

Malyukning aytishicha, u xizmat tizimida qoladi va «jahon darajasidagi assimetrik maxsus operatsiyalar»ni amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, zamonaviy va kuchli maxsus xizmat davlat xavfsizligining asosiy tayanchi bo‘lib qolmoqda.

U, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga mudofaa va xavfsizlik sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Bir kun avval Zelenskiy Malyuk bilan uchrashib, uning faoliyatini yuqori baholab, operativ yo‘nalishga e’tibor qaratishni taklif qilgan edi.

SBU rahbari vazifasini vaqtincha Yevgeniy Xmara — “A” maxsus operatsiyalar markazi boshlig‘i bajarib turadi. Tegishli farmon prezident saytida e’lon qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing