Sharl Mishel Pekinga safarini YeI sammitining buzilishi xavfi tufayli to‘xtatadi — Politico

Dunyo

Jurnalistlar tomonidan qo‘lga kiritilgan 4-dekabr sanasidagi maktubda Viktor Orban Mishelni bo‘lajak sammit kun tartibidan Ukrainaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni olib tashlashga chaqirgan.

Sharl Mishel Pekinga safarini YeI sammitining buzilishi xavfi tufayli to‘xtatadi — Politico
Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tomonidan Yevropa Ittifoqi sammitini barbod qilish tahdidi tufayli Pekinga safarini to‘xtatadi, deya xabar bermoqda Politico.

Dekabr oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda YeI yetakchilari Ukraina bilan Ittifoqqa qo‘shilish muzokaralarini boshlash masalasiga ovoz berishlari kutilmoqda.

2019-yildan beri birinchi offlayn shakldagi Yevropa Ittifoqi-Xitoy sammiti uchun Xitoyga safar qilayotgan Mishel payshanba kuni "YeI rahbarlari bilan munozaralarda oldinga siljish uchun harakatlarni davom ettirish" maqsadida Bryusselga qaytadi", dedi Yevropa rasmiylaridan biri "Politico" nashriga.

Jurnalistlar tomonidan qo‘lga kiritilgan 4-dekabr sanasidagi maktubda Orban Mishelni bo‘lajak sammit kun tartibidan Ukrainaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni olib tashlashga chaqirgan.

Orbanning fikricha, bu masalada yagona konsensusning yo‘qligi muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.

Vengriya rahbari Ukrainaning Yevroittifoqqa qo‘shilishiga keskin qarshi chiqdi va Kiyevga rejalashtirilgan 50 mlrd yevro miqdoridagi yordam ajratilishiga veto qo‘yish bilan tahdid qilmoqda.

Boshqa manbalarga ko‘ra esa Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham murosaga erishish umidida Orbanni shu hafta oxirida Parijdagi uchrashuvga taklif qilgan.

Mishel o‘tgan hafta Budapeshtda Orban bilan uchrashgan. Shundan so‘ng, Yevropa Kengashi rahbari o‘z bayonotlarida "Yevropa Ittifoqi birligi" muhimligini ta’kidlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing