Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi

Siyosat

Tashrif doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi
Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda O’zbekiston rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi. So‘ng yetakchilar 21-fevral – 3-mart kunlari Qozonda o‘tkaziladigan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing