Shavkat Mirziyoyev: “Bizning asosiy maqsadimiz — O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz investitsiya siyosati va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev: “Bizning asosiy maqsadimiz — O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Xalqaro kongress markazida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, biznes yuritish uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar va olib borilayotgan ishlar qayd etildi.

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Ta’kidlash joizki, tadbirda Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan, OPЕK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa va boshqalar qatnashdi. Umuman, forumga dunyoning 93 mamlakatidan ikki yarim ming nafardan ziyod xorijiy mehmon tashrif buyurdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing