Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirning 10 ta hokimni ishdan olish taklifini qoʼllab-quvvatladi

O'zbekiston

Bundan tashqari, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʼl qoʼygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralari koʼriladi.

Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirning 10 ta hokimni ishdan olish taklifini qoʼllab-quvvatladi
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʼsish surʼatlarini taʼminlash boʼyicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtmoqda.

"Yutuqlarimiz haqida koʼp gapirish mumkin. Dunyodagi ogʼir sharoitga qaramasdan barqaror iqtisodiy oʼsish yoʼlida aniq natijalarga erishayapmiz. Buni Xalqaro valyuta jamgʼarmasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting tashkilotlari, yirik investorlar ham eʼtirof etayapti". - deydi davlat rahbari.

Bunga munosib hissa qoʼshayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.

Shu bilan birga, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʼl qoʼygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʼrish, Qoraoʼzak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Gʼozgʼon shahri hokimlarini ishdan olish boʼyicha Bosh vazir Аbdulla Аripovning taklifi qoʼllab-quvvatlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing