Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi saylangan Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi

Dunyo

Ikki davlat rahbari Oʼzbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi saylangan Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 iyul kuni Eron Islom Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev birinchi navbatda Masʼud Pezeshkiyonni boʼlib oʼtgan Prezident saylovidagi gʼalabasi bilan samimiy qutlab, masʼuliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Oʼzbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qoʼshma loyiha va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Аvval erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Energetika, kimyo sanoati, qishloq xoʼjaligi, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etilib, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham koʼrib chiqilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing