Shavkat Mirziyoyev: inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq

O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar va logistika korxonalari bilan muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev: inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq
O’zbekiston rahbari yig‘ilganlarga “soha uchun yana qanday sharoit kerak, joriy yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksportini $3,5 milliardga yetkazish uchun nimalar zarur” degan savollarga birgalikda javob topishni taklif qildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar qayd etganidek, tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida tashqi bozorda O‘zbekiston mahsuloti nufuziga putur etmoqda.

“Bir haqiqatni aniq tushunib olish zarur. Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq. Qanchalik ko‘p mahsulot ishlab chiqarmaylik, eksport uchun kerakli shart-sharoitni yaratmasak, o‘zgarish bo‘lmaydi. Shuning uchun, qanday tashabbus bo‘lsa, barchasini eshitishga tayyorman”, — dedi Prezident.

Bundan tashqari, eksport uchun yangi istiqbolli bozorlar bo‘lgan Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderland), Tsindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar) kabi yirik port shaharlarda savdo uylarini ochish zarurligi qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing