Samarqandda O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi bo'lib o'tdi

Biznes

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand shahrida O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi hamda B2B va G2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Bu haqda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqandda O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi bo'lib o'tdi
Malum qilinishicha, tadbirda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari vakillari hamda 200 dan ortiq yirik malay va o‘zbek kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev keyingi yillarda Malayziya bilan savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotgani, ushbu tashrif esa hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini hamda mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani, qonunchilik takomillashayotgani va iqtisodiyotni erkinlashtirilish borasida faol siyosat yuritilayotganini ta'kidlab o'tdi.

Biznes-forum doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish choralari muhokama qilindi.

Qolaversa, tadbirda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolandi.

Jumladan, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziyaning tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi (MATRADE) o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing