Shavkat Mirziyoyev O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga tashrif buyurdi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga tashrif buyurib, sohadagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga tashrif buyurdi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida faoliyat yurituvchi agentlik tuproq, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibini tahlil qiladi, zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishiga qarshi kurashib, fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirilishini ta’minlaydi.

So‘nggi yillarda 7 ta yangi axborot tizimi joriy etildi, 40 ta yo‘nalish raqamlashtirildi, 20 million dollarlik grant mablag‘lari jalb etildi.

Yangi tashabbuslar doirasida “Agroko‘makchi” mobil ilovasi ishlab chiqildi, Asiaexport.se platformasi ishga tushirildi, ePhyto solution xalqaro innovatsion tizimida hamkorlik tashkil etildi.

Mahsulotlarni qadoqlash, tizimli ish olib borish va xalqaro hamkorlik muhimligiga alohida e’tibor qaratildi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev tizimdagi mutaxassislar malakasini oshirish, har bir fermer va tomorqa egalariga yetib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing