Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman”, — deyiladi tabrik so’zlarida.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev G‘alabaga o‘zbek askarlarining qo‘shgan muhim hissasini ta’kidlab, o‘sha og‘ir yillarda 1 million 950 ming nafardan ortiq o‘zbek askari frontga safarbar etilganini alohida ta’kidladi. Ularning 538 mingdan ortig‘i halok bo‘ldi, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qoldi, 870 mingdan ortig‘i tan jarohati oldi, 60 mingdan ortig‘i frontdan nogiron bo‘lib qaytdi.
“Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘sin!”, — dedi yakunida davlatimiz rahbari.
Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbarlariga, shuningdek, Gruziya va Moldova xalqlariga tabrik yo‘lladi.

Powered by Froala Editor