Shavkat Mirziyoyev Qatar Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish muhimligini muhokama qildi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish muhimligini muhokama qildi
Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini tezroq yaratish muhimligi qayd etildi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatning jiddiy keskinlashayotgani yuzasidan ham fikr almashildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing