Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini rivojlantirish loyihalarini tasdiqladi

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 27-fevral kuni Toshkent shahrida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar loyihalari yuzasidan axborot berildi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini rivojlantirish loyihalarini tasdiqladi
Davlat rahbari “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha 1,5 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb etish va 2,5 ming ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi rejalarni tasdiqladi.

Shuningdek, poytaxtning turli hududlarida turizm va infratuzilmani rivojlantirish dasturini amalga oshirish, jumladan, “Gastronomik turizm” va “hunarmandlar” ko‘chalarini yaratish ko‘zda tutilgan.

O’zbekiston rahbari taqdim etilgan hujjat loyihalari va takliflarni ma’qullab, ularning ijrosini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing